AsosiyJamiyat

11 sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent yo`nalishida "Nasaf" tezyurar yo`lovchi poezdi harakati qayta yo`lga qo`yiladi

'11 sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent  yo`nalishida "Nasaf" tezyurar yo`lovchi poezdi harakati qayta yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo`yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo`lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 11 sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent  yo`nalishida 4/3 sonli "Nasaf" tezyurar yo`lovchi poezdi harakati qayta yo`lga qo`yiladi.  Bu haqda  Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Poezd 11 sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo`l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo`l vokzalidan harakatini boshlaydi.  

Yo`lovchilar chiptalarni temiryo`l kassalaridan,  shuningdek,  onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.  

Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami,  joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkinligi aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar