AsosiyJamiyat

Chet elga chiqishda «taqiq» borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi

'Chet elga chiqishda «taqiq» borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi'ning rasmi

Pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigienik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati bo`lmasligi lozim.

Qarzdorlik o`z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga «taqiq» quyilishiga sabab bo`ladi.

Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot telegram bot orqali bir zumda o`zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo`qligini bilib olishingiz mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma`lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda «PAYME», «CLICK», «UPay» va boshqa to`lov tizimlari orqali to`lash imkoniyati yaratilgan.

    Boshqa yangiliklar