AsosiyJamiyat

"O`zbekko`mir"da qonunbuzilish holati aniqlandi

'"O`zbekko`mir"da qonunbuzilish holati aniqlandi'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga o`rnatilgan tartibda qo`yib borilishi ustidan monitoring ishlari olib borilganda, “O`zbekko`mir” AJ tomonidan birja savdolariga qo`yilgan monopol mahsulotlarni tasdiqlangan grafikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo`yilishida reja-jadval buzilganligi holatlari aniqlandi.

“O`zbekko`mir” AJ tomonidan 2020 yil (feral, may) oylarida ko`mir mahsulotini tovar xomashyo birjasi savdolariga grafik rejalari asosida qo`yish ta`minlanmaganligi sababli, birja savdolariga qo`yilgan ko`mir mahsulotining 1 tonnasi uchun narx, oxirgi marta o`tkazilgan savdodagiga nisbatan oshib ketgan. Natijasida korxona tomonidan 27 379 200 so`m miqdorida asossiz mablag` olingan.

Qo`mitaning Toshkent viloyat hududiy boshqarmasining ko`rsatmasiga ko`ra, “O`zbekko`mir” AJ tomonidan ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar