10 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda 343 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan (93 foiz).
Jumladan, Toshkent shahrida 206 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 5 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Jami sog`ayganlar 42 555 nafarga etdi.






