1

"1 oy avval koronavirus test natijam musbat chiqqandi. Hech qanday alomat yo`q, hozirda yana musbat chiqdi..."

Salomatlik 11.09.2020, 12:52
"1 oy avval koronavirus test natijam musbat chiqqandi. Hech qanday alomat yo`q, hozirda yana musbat chiqdi..."

Menda 1 oy avval koronavirusga test natijasi musbat chiqqan. Kasallikning belgilari bo`lmasada 3 hafta oralig`ida qayta test natijalari ham musbat chiqdi. Qaysi tibbiyot muassasida ishonarli test natijasini olishi mumkin?  

–Agar sizda Kovid bilan kasallanish muddati 3 haftadan oshgan bo`lsa, ekspress- test yoki PZR topshirilishi tavsiya etilmaydi.

Qonda M (IgM) sinfga oid immunoglobulinlar taxminan zararlanishning boshlangan kunidan 7- sutkalariga kelib shakllana boshlaydi, 1 haftadan so`ng eng yuqori darajaga etadi, 2 hafta davomida esa uning konsentrasiyasi asta-sekin kamayib boradi.  

Bir vaqtning o`zida taxminan 3 hafta yoki sal avvalroq G (IgG) sinfidagi immunoglobulinlar aniqlanadi. Qonda aynan G sinfiga oid immunoglobulinlarning aniqlanishi infeksiyani o`tkazilganligidan dalolat beradi.  

Shuning uchun, sizga antitanachalarga tahlil topshirish tavsiya etiladi.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1