AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Neksiya-2" avtomashinasining raqamini o`rniga o`z ismi yozib olgan qoidabuzar qo`lga olindi

'Qashqadaryoda "Neksiya-2" avtomashinasining raqamini o`rniga o`z ismi yozib olgan qoidabuzar qo`lga olindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati, Kitob shahrida yashovchi Yu.Ahmadjonov 70 H 207 LA davlat raqam belgili, "Neksiya-2" rusumli transport vositasining orqa tomoniga o`rnatilgan davlat raqam belgisini echib, o`rniga o`z ismi yozilgan qog`ozni yopishtirib, Kitob shahar hududi bo`ylab harakatlanib yurgan vaqtida YPX xodimi tomonidan to`xtatilgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati  xabar berdi.

Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, boshqaruvidagi transport vositasining davlat raqam belgisini o`zboshimchalik bilan echib harakatlanmasliklarini hamda davlat raqam belgisini o`zga usullarda o`zgartirib avtomashina boshqarmasliklarini so`rab qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar