Senat tomonidan “Byurokratik to`siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun ma`qullandi.
Qonun bilan jami 6 ta qonun va 3 ta kodeksga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 6-moddasi ma`muriy javobgarlik to`g`risida qarorlar qabul qilish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari chiqarib tashlanmoqda.
Shuningdek, mazkur kodeksining 291-moddasiga, transport vositalarini ushlab turish va ko`rikdan o`tkazish asoslari va tartibiga o`zgartish kiritilmoqda.
Endilikda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polisi yonida bo`lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi.
Ma`qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e`lon qilingach rasmiy kuchga ega bo`ladi.






