AsosiyJamiyat

Hududlarni gaz va elektr energiyasi bilan ta`minlash foizlari oshirilishi ma`lum qilindi

'Hududlarni gaz va elektr energiyasi bilan ta`minlash foizlari oshirilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Energetika vazirligi maxsus shtabi iste`molchilarni 2020—2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko`mir mahsulotlari bilan ta`minlash ishlarini tahlil qilish maqsadida vodiy viloyatlarida bo`ldi.

Bu haqda vazirlik axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi.

2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida:

Andijon viloyati iste`molchilariga:

▫️tabiiy gaz 5,4 foizga;

▫️suyultirilgan gaz 70,8 foizga;

▫️elektr energiyasi 10,5 foizga oshiriladi.

Farg`ona viloyati iste`molchilariga:

▫️tabiiy gaz 16,4 foizga;

▫️suyultirilgan gaz 48,6 foizga;

▫️elektr energiyasi 11,2 foizga oshiriladi.

Namangan viloyati iste`molchilariga:

▫️tabiiy gaz 23,6 foizga;

▫️suyultirilgan gaz 52 foizga;

▫️elektr energiyasi 10,8 foizga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar