Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, 2020 yil 11 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 272 (+112) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barcha 112 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli B.A. (ayol), Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 78 yoshli O.F. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli D.T. (erkak), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 285 nafar, Toshkent viloyatida 157 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 43 023 (+468) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 869 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






