AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways parvozlar vaqtida amal qiladigan cheklovlarni ma`lum qildi

'Uzbekistan Airways parvozlar vaqtida amal qiladigan cheklovlarni ma`lum qildi'ning rasmi

Uzbekistan Airways bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklamoqda, shu munosabat bilan aviakompaniya parvoz vaqtida amal qiladigan cheklovlarni ma`lum qildi:

"COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida  havo kemasi sahnida ko`rsatiladigan servis xizmatlariga ba`zi bir o`zgarishlarni kiritishga majburmiz. Agar ilgari ko`rsatilgan xizmatlardan birortasi ko`rsatilmayotgan bo`lsa, buning uchun uzr so`raymiz. Biz uchun muhimi – yo`lovchilarimiz  va ekipajimiz salomatligi.

Barcha ekipaj a`zolari parvozdan oldin majburiy tibbiy tekshiruvlar va harorat o`lchovlaridan o`tadilar. Butun parvoz davomida ular ham, barcha yo`lovchilar singari niqob taqib, himoya qo`lqoplarini kiyishadi.

Har bir reysdan so`ng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, barcha yuzalar va ashyolarga ishlov beriladi. Dezinfeksiya havo kemasi sahnida ham, bagaj bo`linmalarida ham amalga oshiriladi.

Samolyotning yo`lovchi bo`linmasidagi havo yuqoridan pastga qarab aylanib yuradi, bu esa boshqa qatordagi yo`lovchilardan biri aksirgan holda mikrotomchilarning boshqa yo`lovchilarning nafas yo`llariga tushishini istisno  qiladi, niqoblardan foydalanish esa mikroqismlar tarqalishining oldini oladi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlari virus  va bakteriyalarning 99,97% ga yaqinini ushlab qoluvchi zamonaviy NERA-filtrlari bilan jihozlangan.

Suv, quloqchinlar, oziq-ovqat, shuningdek biznes klass uchun yo`l va bolalar to`plamlari alohida o`ramlarda beriladi. Kosher taomlaridan tashqari boshqa  maxsus taomlarga oldindan buyurtma berish mumkin.

Bort jurnallari va matbuot nashrlari vaqtincha bo`lmaydi.

Umid qilamizki, kiritilgan cheklovlar sizning parvozdan oladigan taassurotlaringizga ta`sir ko`rsatmaydi. Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan, to`liq servis xizmatlarini  ko`rsatishga qaytamiz.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida o`z xavfsizligingiz va yaqinlaringizning xavfsizligini ta`minlash uchun samolyot sahnida amal qilinishi lozim bo`lgan qoida va tavsiyalar bilan tanishib chiqishingizni so`raymiz:

- butun parvoz davomida yo`lovchilar og`iz va burunni yopib turuvchi niqoblarni taqishlari shart (2 yoshgacha bo`lgan bolalardan tashqari);

- qo`l yuki sifatida siz ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, agar bolalar bilan sayohat qilayotgan bo`lsangiz,  bolalar uchun kerak bo`ladigan ashyolar solingan sumkani olishingiz mumkin. Boshqa barcha narsalar qatnovga ro`yxatdan o`tilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart;

- havo kemasiga  chiqarish ijtimoiy masofa saqlagan holda  amalga oshiriladi;

- agar yo`lovchi parvoz paytida o`zini yomon his qilsa (isitma, yo`tal, tumov va boshqalar), zudlik bilan bortkuzatuvchini chaqirish tugmasini bosishi kerak. Ekipaj kasallik belgilari bo`lgan yo`lovchiga qanday munosabatda bo`lishga o`rgatilgan;

- parvoz paytida havo kemasi sahnida harakatlanishdan tiyilish tavsiya etiladi. Hojatxonaga tashrif buyurish uchun, uning bo`shligiga ishonch hosil qilish maqsadida yorug`lik tablosiga e`tibor qarating, hojatxona oldida  navbat hosil bo`lishiga yo`l qo`ymang.

- samolyot erga  qo`nganidan so`ng, iltimos, ekipajning ko`rsatmasiga qadar o`rningizdan turmang. Havo kemasidan tushish ham,  xuddi unga chiqqandek, ijtimoiy masofaga amal qilgan holda amalga oshiriladi", - deyiladi kompaniya xabarida.

    Boshqa yangiliklar