AsosiyDunyo

Rossiyalik olimlar o`pkaga sun`iy nafas berish apparatidan voz kechmoqchi

'Rossiyalik olimlar o`pkaga sun`iy nafas berish apparatidan voz kechmoqchi'ning rasmi

Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi Immunologiya va fiziologiya instituti rahbari Valeriy Chereshnev so`zlab berdi, deb xabar beradi RIA Novosti. Unga ko`ra, Rossiyalik olimlar koronavirusni o`pkaga sun`iy nafas bermasdan davolash usulini topgan.

Chereshnevning so`zlariga qaraganda, geliy-kislorod qorishmasi ingalyasiyasi koronavirus bilan kasallangan og`ir ahvoldagi 50 nafar bemorda qo`llanilgan. Ingalyasiyadan keyin ularning faqat bittasiga o`pkaga sun`iy nafas berish apparati qo`llashga to`g`ri keldi. Xususan, mutaxassislar ingalyasiya apparatini takomillashtirib, havoning alohida kirish va chiqish tizimlarini yaratdi.

Chereshnev ushbu tajribani ijobiy deb baholadi. «Hozir ishlab chiqarish ketyapti», — deb qo`shimcha qildi u. Olim, shuningdek, o`pkaga sun`iy nafas berishning organizm uchun katta og`irlik ekaniga e`tibor qaratdi. Uning so`zlariga ko`ra, 90-95 darajada qizdiriladigan geliy-kislorod qorishmasi o`pkaga sun`iy nafas berish apparatidan ancha qulay ekan.

 

    Boshqa yangiliklar