Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasi qachon tugashi noaniqligini ma`lum qildi. Tashkilotning fikricha, bir necha yil ichida ushbu kasallik nazoratga olinishi mumkin, deb yozmoqda Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlil kanali.
«Ayni paytda biz pandemiya qachon tugashini bilmaymiz, ammo global sa`y-harakatlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ushbu pandemiya bir necha yil ichida nazorat ostiga olinishi mumkin deb o`ylaymiz», deya ta`kidlagan JSST matbuot xizmati.
JSST pandemiya boshlangandan beri ushbu koronavirusning yuqumliligi o`zgarmaganini ma`lum qildi.
Tashkilot shuningdek, SARS-CoV2 «hali ham yangi virus bo`lsa-da, u haqda allaqachon ko`p narsa ma`lum, ushbu ma`lumot pandemiyaga samarali javob berish uchun ishlatilishi mumkin», - deb qo`shimcha qildi.






