2020-2021 yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining Cho`ponota ko`chasidan Yakkasaroy tumanining KXAY, TXAY va Qipchoq ko`chalari oralig`ida joylashgan 6 tasmali 3 ta yo`l o`tkazgich va avtomobil yo`li qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Milliy matbuot markazi yozmoqda.
Qayd etilishicha, Cho`ponota ko`prigi qurilishi eng so`ngi texnologiyalariga ko`ra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qo`llanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qo`llagan holda qurilish – montaj ishlari olib borilmoqda.
Ko`prikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha bo`lishi mo`ljalangan. Ko`prikning estetik jihatdan chiroyli ko`rinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Tungi yoritish tizimi ko`prikka aholining e`tiborini tortuvchi zamonaviy ko`rinishni ta`minlaydi.
Cho`ponota ko`prigining umumiy uzunligi 597 metrni, bog`lamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi. Ko`prik qurilishida avtomobillar, piyodalar va velosiped uchun yo`laklar nazarda tutilgan.






