IIV 2-sonli Toshkent akademik liseyi direktori lavozimida ishlagan podpolkovnik Pardiev Abduraxmon Azizovich vafoti etdi. Bu haqda xabar qilgan Ichki ishlar vazirligi marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etdi.
Abduraxmon Azizovichning ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini yuksaltirishga qo`shgan ulkan hissasi hech qachon unutilmaydi, deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida.






