Kecha, 11 sentyabr kuni soat 5:30 larda, Samarqand viloyati, Bulung`ur tumani hududidan o`tgan 4M 503 avtomobil yo`lining 4-kilometrida, haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan M.A. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, oldinda, yo`l qatnov qismining o`rtasida mast holda, choponga o`ranib yotgan, piyoda 2000 yilda tug`ilgan A.E.ni ustidan bosib o`tib, YTH sodir etgan.
IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko`ra, natijada, 20 yoshli A.E. og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung`ur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan ehtiyotkor bo`lishlarini, piyodalar mast holda avtomobil yo`llarida harakatlanmasliklarini so`rab qolamiz.






