2020 yil 12 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46721 (+223) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida hamda 25 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 75 yoshli M.M. (ayol) hamda Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli F.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 193 nafar, Toshkent viloyatida 86 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan, Farg`ona va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 43359 (+336) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2978 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






