AsosiyJamiyat

Aloqa operatorlariga Yangi yil bayramida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan texnik nosozliklarning oldini olish tayinlandi

Yangi yil bayrami arafasida aloqa sifatini ta`minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Yangi yil arafasida, ayniqsa yangi yil kechasi aloqa xizmatlariga bo`lgan ehtiyoj odatdagidan keskin oshib ketishi kuzatiladi. Aloqa xizmatlarining millionlab foydalanuvchilari yaqinlariga qo`ng`iroq qiladilar va tabrik xatlari jo`natadilar, internetdan faol foydalanadilar.

Shu munosabat bilan, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan aloqa operatorlariga yuzaga kelishi mumkin bo`lgan texnik nosozliklarning oldini olish, bayram oldi va bayramdan keyingi kunlarda bu kabi holatlarda kompaniyalarda mutaxassislarning sutkalik navbatchiligini tashkil qilish yuzasidan topshiriq berildi.

    Boshqa yangiliklar