Ma`lum qilinishicha, 14 sentyabrdan boshlab Toshkent - Bishkek - Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam aviareyslarning amalga oshirilishi boshlanadi.
Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi. Ushbu yo`nalish uchun aviachiptalar savdosi boshlangan.
Shuningdek, O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi avtoyo`l o`tkazish punktlarida sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda kirib-chiqishga 1 sentyabrdan ruxsat berilgan.