2020 yil 13 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 287 (+245) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 231 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatlarida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
️E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 187 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
️Shunday qilib, yurtimizda 43 866 (+355) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
️Hozirda mamlakatimizda 3 031 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






