1

Jizzaxdagi "Covid-19" saralash va taqsimlash markaziga ishga kiritib qo`yayotgan dugonalar qo`lga tushdi

Jamiyat 14.09.2020, 09:07
Jizzaxdagi "Covid-19" saralash va taqsimlash markaziga ishga kiritib qo`yayotgan dugonalar qo`lga tushdi

Joriy yilning 27 avgust kuni huquqni muhofaza qilish organiga Jizzax shahrining "Zargarlik" mahallasida yashovchi N.H. murojaat qilib, Jizzax politexnika instituti yotoqxonasida tashkil etilgan "Covid-19" saralash va taqsimlash markaziga ishga kirishi uchun pora talab qilishayotganligini bildirgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

E`tiborlisi, ishga joylashni Jizzax shahri Toshloq mahallasida yashovchi uy bekasi D.H., Jizzax shahri "Ittifoq" mahallasida yashovchi, dori vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi xorijiy korxona vakili N.U., asli forishlik Baxmal tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.T.lar va`da qilishgan.

Mazkur murojaat asosida "Covid-19" saralash va taqsimlash markazida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida arizachi N.H. hamda uning 3 nafar tanishidan 1.000 AQSh dollarini olayotgan jinoiy sheriklar ushlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo`zg`atilgan. Dugonalar firibgarlik va pora olishda ayblanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1