1

Toshkent viloyati va poytaxtda o`g`ri va bosqinchi bo`lgan ikki ayol qo`lga olindi

Jamiyat 14.09.2020, 09:48
Toshkent viloyati va poytaxtda o`g`ri va bosqinchi bo`lgan ikki ayol qo`lga olindi

Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan o`g`irlik va bosqinchilik jinoyati bo`yicha qidiruvda bo`lgan ikki ayol aniqlanib, ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

2020 yil 4 sentyabr kuni o`tkazilayotgan qidiruv tadbiri davomida, Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari, 46-moddasida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, jazo o`tashdan bo`yin tovlab, joriy yil may oyidan qidiruvda bo`lgan 31 yoshli E.B. (ayol) viloyat IIBB 1- mintaqaviy hudud PPX xodimlari safdor O.Normetov va serjant A.A`zamovlar tomonidan aniqlanib, ushlandi.

Shuningdek, 10 sentyabr kuni o`tkazilgan qidiruv tadbir natijasida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, unga tayinlangan jazoni o`tashdan bosh tortib yurgan qidiruvdagi 25 yoshli N.M. (ayol) Chilonzor tumanida ekanligi aniqlanib ushlandi.

Ushbu shaxslarga qonuniy chora ko`rilishi uchun hududiy IIBlarga topshirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1