Hindistonda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o`rtasida sigirlar bilan tushirilgan eng yaxshi selfilar ko`rik tanlovi o`tkazildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma`lumotlarga ko`ra, ko`rik tanlov Go Seva Parivar kompaniyasi tomonidan o`tkazilgan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini muqaddas sanalmish hayvon bilan tushgan selfilarini o`zlarining Facebook, Twitter va WhatsApp`dagi sahifalariga #selfiewithgomata (#onasigirbilanselfi) xeshtegi ostida joylashtirgan.
Aksiyani o`tkazishdan maqsad mamlakat hududidagi sigirlar bilan bog`liq vaziyatga keng jamoatchilik e`tiborini jalb qilishdan iborat. 2015 yilda sigir go`shtini iste`mol qilish va uni sotish mavzusi Hindiston aholisini ikki guruhga ajratib qo`ydi. Xabarda aytilishicha, hind xalqi sigirni muqaddas jonivor hisoblaydi va uni so`yib iste`mol qilish Hindistonning aksariyat shtatlarida taqiqlangan.
Aksiya tashkilotchilari ishtirokchilarni turli “nojo`ya joy”larda va “beo`xshov” harakatlar bilan suratga tushish o`rniga millatning muqaddas jonivori bilan selfi qilishga undagan.





