1

Madrasalarda qabul imtihonlarini o`tkazish kunlar belgilandi

Jamiyat 14.09.2020, 10:44
Madrasalarda qabul imtihonlarini o`tkazish kunlar belgilandi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ta`lim va ilmiy-tadqiqot bo`limining xabar berishicha, pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o`quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o`tkazish bo`yicha ko`rsatma berildi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o`rta maxsus islom ta`lim muassasalarida qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o`tkazilishi belgilangan bo`lib, quyidagi hududlardagi ochiq maydonlarda o`tkaziladi:

- “Muhammad al-Beruniy” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun “Turon” markaziy stadioni – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri;

- “Sayyid Muhyiddin maxdum” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun Sportning o`yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi asosiy stadioni 1A-binosida – Andijon shahar, 3-kichik daha, Mashrab ko`chasi;

- “Hidoya” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun Navbahor-umid stadioni – Namangan shahri, 5-kichik tuman;

- “Xoja Buxoriy” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun “Nasaf” futbol klubi mashg`ulotlar maydoni – Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko`chasi 5-uy;

- “Mir Arab” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo`minov ko`chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko`chasi 24-uy;

- “Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo`minov ko`chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko`chasi 24-uy;

- “Faxriddin ar-Roziy” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun Xorazm sport majmuasi – Urganch shahar, Baynalmilal ko`chasi 18-uy;

- “Imom Termiziy” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun “Surxon” sport majmuasi zaxira futbol maydoni – Termiz shahri, A.Navoiy ko`chasi, 43-B uy;

Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ta`lim muassasalari bo`yicha test sinovlari 2020 yil 16 sentyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi. Abiturientlardan test sinovlari o`tkaziladigan hududlarga soat 15:30 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. 

 - “Ko`kaldosh” va “Xadichai Kubro” o`rta maxsus islom ta`lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun Toshkent shahar, Talabalar shaharchasi - Mo`ljal Beruniy metrosi chiqish joyi.

Mazkur ta`lim muassasalari bo`yicha test sinovlari 2020 yil

17 sentyabr kuni 1-smena bo`yicha soat 08:00 da, 2-smena bo`yicha 17:00 da boshlanadi. Abiturientlardan test sinovlari o`tkaziladigan hududlarga soat 1-smena bo`yicha soat 06:00 da, 2-smena bo`yicha 15:00 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. Eslatib o`tamiz, mazkur hujjatlardan biri bo`lmagan taqdirda, abiturient test sinovlariga kiritilmaydi. Shuningdek, abiturientning qaysi smenada test sinovlari topshirishi DTM ruxsatnomasida ko`rsatib o`tilgan.

 Abiturientlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda test sinovlariga kiritiladi:

- dizenfeksiya tonnelidan o`tkaziladi;

- tana harorati masofadan o`lchash qurilmasi orqali o`lchanadi;

- tibbiy niqob va qo`lqop bilan ta`minlanadi.

 DTM ruxsatnomasini qay tartibda olish bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1