1

O`zbekiston 13 ta davlatga 51 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi

Jamiyat 14.09.2020, 11:41
O`zbekiston 13 ta davlatga 51 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, qiymati 46,8 million AQSh dollariga teng bo`lgan 51 ming  tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga ko`p.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, eksport qilingan mazkur uzum mahsulotining eng ko`p ulushi Farg`ona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to`g`ri keldi.

Ma`lumot o`rnida, yurtimiz bog`larida etishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo`yicha Qozog`iston 22,8 ming  tonna ko`rsatkich bilan etakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federasiyasiga 20,6 ming tonna va  Qirg`iz Respublikasiga 7,1 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1