1

Koronavirusning engil darajasida dori vositalarisiz organizm kasallikni o`zi engishi mumkinmi?

Salomatlik 14.09.2020, 12:34
Koronavirusning engil darajasida dori vositalarisiz organizm kasallikni o`zi engishi mumkinmi?

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.

Savol: Koronavirusning engil darajasida dori vositalarisiz organizm kasallikni o`zi engishi mumkinmi?

– Ha, shunday ham bo`lishi mumkin.  Aniq ma`lumotlarga ko`ra, kontaktda bo`lgan aholining 80 foizida kasallik simptomlarsiz, ya`ni engil darajada o`tadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan bo`ladi.  

Bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boshka kuchli dori vositalarisiz engishlari mumkin. Bu holatlarda shifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimni qo`llab turish, shaxsiy gigiena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qilish o`ta muhim hisoblanadi. Shuningdek,

▫️tomoqni tez-tez turli eritmalarda chayib turish, kuniga kamida 8 marta ;

▫️kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish;

▫️sog`lom ovqatlanish, ovqat rasionida meva va sabzavotlarning bo`lishi;

▫️ S vitaminiga boy mahsulotlar: limon, na`matak, malina choylarni ichish, bolg`or qalampiri, piyoz va ko`katlar iste`mol qilish;

▫️shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, engil yurish va   mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1