1

Haftalik ob-havo: O`zbekistonda harorat pasayib, yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

Jamiyat 14.09.2020, 12:36
Haftalik ob-havo: O`zbekistonda harorat pasayib, yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

Soha mutahassislarining xabar berishicha, bugun va ertaga O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz quruq va issiq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo`ladi.

16 sentyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo`yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va cho`l zonasidan o`tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi.

17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun O`zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg`irlar faqat respublikaning tog`oldi va tog`li tumanlarida yog`ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me`yordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti o`tishi natijasida 16-17 sentyabr kunlari respublika bo`yicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19 sentyabrda janubi-g`arbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga ko`tarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1