1

Maktabda bolalar niqobiga spirt bilan ishlov berish mumkinmi?

Jamiyat 14.09.2020, 14:22
Maktabda bolalar niqobiga spirt bilan ishlov berish mumkinmi?

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.

“Farzandim uchun an`anaviy ta`lim olishda doka niqobdan ko`ra bir martalik niqoblar afzal ko`rinmoqda. Maktabda bolalar niqobiga spirt bilan ishlov berish mumkinmi?

– Tibbiy niqoblarga spirt bilan ishlov bermaslik kerak, ayniqsa bir martalik niqoblarga.

Chunki bolalarda kasallik alomatlarsiz kechayotgan bo`lsa, niqoblarning ichki qismiga bola og`iz bo`shlig`idan ajralgan viruslar yopishadi.

Bola maktabda bir martalik niqoblarni spirtli eritma bilan ishlov beraman deb qo`llari bilan ushlaganida qo`llariga va shu niqoblar qo`yilgan satxlarda viruslar qolib ketadi. Bu esa shu vaqtning o`zida maktabdagi boshqa bola organizmiga virus tushishini keltirib chiqaradi.

Shuningdek, tibbiy niqoblarni ichki qismini spirt bilan namlab nafas olganda bir qancha asoratlarni, masalan og`iz atrofidagi teri qavatida kuyish, burin shilliq qavatini shikastlanishi va hid bilish qobiliyatini pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1