1

Rossiyada mehnat migrantlari uchun avans solig`i joriy etilishi mumkin

Jamiyat 14.09.2020, 15:18
Rossiyada mehnat migrantlari uchun avans solig`i joriy etilishi mumkin

Rossiya IIV tomonidan ishlab chiqilgan Migrasiya masalalari to`g`risidagi yangi federal qonun loyihasi konsepsiyasi doirasida mamlakatga ishga keladigan chet elliklar uchun avans to`lovini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.

Konsepsiyada qayd etilishicha, ushbu soliqni to`lash uchun elektron patent rasmiylashtirish talab qilinadi. Mehnat migrantini yollamoqchi bo`lgan ish beruvchilar shaxsiy kabinetda ro`yxatdan o`tib, maxsus shaklni to`ldirishi va xorijiy ishchi kuchini jalb qiluvchi ish beruvchilar reestriga (RRPIRS) qo`shilish uchun arizani elektron shaklda to`ldirishi kerak bo`ladi.

Shuningdek, qonun loyihasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i qat`iy avans to`lovi shaklida to`lanmagan taqdirda, migrantlarga 15 kun ichida soliqni to`lash haqida xabarnoma jo`natiladi. Ushbu so`rov bajarilmasa, chet el fuqarosining Rossiyada ishlashi taqiqlanishi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1