2020 yil 14 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 836 (+216) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 192 nafari Toshkent shahrida, 17 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yakkasaroy tumanida yashagan 70 yoshli R.G. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 56 yoshli M.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 171 nafar, Toshkent viloyatida 104 nafar, Samarqand viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 8 nafar, Surxondaryo va Farg`ona viloyatilarida 6 nafardan, Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 44 375 (+373) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 065 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






