Davlat komissiyasining 2020 yil 19 iyundagi 1-son bayoniga muvofiq, 17 sentyabr kuni tana harorati 37⁰C dan yuqori bo`lgan, test sinovlariga kiritilmagan abiturientlar uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tayyorlangan stadion va xiyobonlarda qo`shimcha test sinovlari o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda DTM mutasaddilari ishtirokida AOKAda o`tkazilayotgan brifingda ma`lum qilindi.






