Bugungi kunda, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment to`lovlari bo`yicha qarzdorlarning mas`uliyatini oshirish borasida targ`ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.Bu haqida MIB xabar bermoqda
Fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tumanlararo sudining 2013 yil 07 iyundagi sud buyrug`iga asosan Sh.Masharipovadan (taraflarning ism-familiyasi o`zgartirilgan)dan undiruvchi M.Djumaniyazov foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan edi.
Biroq, ota qonuniy talabga bo`ysunish o`rniga bo`yin tovlay boshladi. Ammo qonunga bo`ysunish, uning ijrosini ta`minlash har bir fuqaro uchun majburiydir.
MIB Xiva shahar bo`limi davlat ijrochisining qarzdorga aliment undiruvidan bo`yin tovlash borasidagi jazolar, har qanday sharoitda ham ota o`z mas`uliyatini his etishi xususidagi tushuntirish ishlari o`z samarasini berdi. O`z xatosini tushunib etgan qarzdordan to`lanmay qolgan jami 21.568.863 so`m aliment pullari undirilib, unduruvchiga tilxat orqali topshirildi.
Byuroning Xorazm viloyati bo`limlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog`liq ijro hujjatlari ijrosini ta`minlash davom etmoqda.