AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi kasallanish holatlari 8 ta hududda aniqlandi

'O`zbekistonda yangi kasallanish holatlari 8 ta hududda aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 15 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 192 (+197) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Farg`ona viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Ayni paytda yurtimizda 44 526 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog`aygan.

️Hozirda mamlakatimizda 3 266 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 451 nafari og`ir, 243 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.  

 

    Boshqa yangiliklar