O`zbekiston Respublikasi Milliy arxivi fondida 1572 yilda qayta ta`mirlangan Makkaning muqaddas joylari chizmasi alohida qimmatli hujjatlar qatorida saqlanmoqda. Bu haqda UzA yozmoqda.
“O`zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliev ma`lum qilishicha, mazkur qo`llanma Makkani ziyorat qiluvchilarga ko`rsatma hamda haj safarini tasdiqlovchi hujjat sifatida berilgan. Haj safarining amallari chizma shaklida ko`rsatib o`tilgan.






