AsosiyJamiyat

Xavfsiz va qonuniy mehnat migrasiyasining asosiy yo`nalishlari belgilandi

'Xavfsiz va qonuniy mehnat migrasiyasining asosiy yo`nalishlari belgilandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning 14 sentyabrda imzolangan "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning 6ta asosiy yo`nalishi belgilanmoqda.

Jumladan:

✅ tashqi mehnat migrasiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o`zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi;

xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o`qitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar beriladi;

✅ mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog`lig`ini sug`urtalash amaliyoti kengaytiriladi, ular uchun madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etiladi;

✅ mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslar reintegrasiya qilinadi, shu jumladan ularning bandligi ta`minlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari rag`batlantiriladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hududiy filiallarining ishi quyidagi tartibda tashkil etiladi:

✅hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta`minlaydi;

✅ hududiy filial rahbarlari bir vaqtning o`zida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari hisoblanadigan bo`ldi;

✅ hokimliklar mahalliy byudjetning qo`shimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko`radi;

Shuningdek, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:

✅ xorijiy ish beruvchilar va ularning vakillari bilan bevosita kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan fuqarolarni ishga yuborish;

✅ xorijiy mamlakatlarning hududiy migrasiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar o`rnatish va muzokaralar o`tkazish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

✅ xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migrasiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan grantlarini jalb qilish.

    Boshqa yangiliklar