Bugun, 15 sentyabrdan boshlab «O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida»gi Qonun kuchga kirdi.
Qonun 2020 yil 13 mart kuni imzolangan va oradan 6 oy o`tgach kuchga kirishi belgilangan edi.
Qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning quyidagi turlari mavjud:
👉 umumiy tartib;
👉 soddalashtirilgan tartib;
👉 alohida tartib.
Mazkur qonunda avvalgisidan farqli o`laroq «vatandosh» degan tushuncha kiritilgan bo`lib, unga ko`ra chet davlat fuqarosi bo`lgan yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi qo`llanadi.
❗️Shuningdek, qonun bilan O`zbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida ariza topshirgan shaxsning davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi ham kiritilgan.
Bundan tashqari qonunda O`zbekiston fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish, fuqarolikni tiklash va tugatish, fuqarolikdan chiqish hamda fuqarolikni yo`qotish asoslari ham belgilab qo`yilgan.






