AsosiyDunyo

Turkiya va Rossiya vakillari Suriya va Liviya borasida muzokaralar olib borish uchun uchrashadilar

'Turkiya va Rossiya vakillari Suriya va Liviya borasida muzokaralar olib borish uchun uchrashadilar'ning rasmi

Turkiya va Rossiya rasmiylari shu haftada Anqarada uchrashuv o`tkazib, Suriya va Liviya borasida muzokaralar olib boradilar. Bu haqda reutersga tayanib tarjumon.uz xabar berdi.

Ayni paytda bu ikki mamlakat Suriya va Liviyada jang qilayotgan qarshi taraflarni qo`llab-quvvatlamoqdalar. 

“Turkiya va Rossiya delegasiyasi o`rtasida Liviya va Suriya borasidagi hisob-kitoblar 2020 yilning 15-16 sentyabr kunlari Anqarada davom etadi” deb xabar berdi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi dushanba kuni.

Anqara va Moskva hukumatlari ayni paytda Liviyada davom etayotgan urushlarda qatnashayotgan ikki asosiy tarafdir. Rossiya mamlakat sharqini egallab olgan Halifa Haftarni qo`llab-quvvatlayotgan bo`lsa, Turkiya xalqaro miqyosda tan olingan Liviya hukumatiga yordam bermoqda.

O`tgan oyda xalqaro miqyosda tan olingan hukumat Liviyada harbiy harakatlarni to`xtatganini ma`lum qildi va Haftardan neft bazalariga qo`yilgan taqiqni olib tashlashni talab qildi. Parlament rahbari Aguila Solih ham dushmalikni to`xtatishni so`radi. Lekin, Halifa Haftar bu talablarni rad etdi. Hozirda Haftarni Rossiyadan tashqari BAA va Misr ham dastaklamoqda.

    Boshqa yangiliklar