Ushbu ma`lumotga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov aniqlik kiritdi.
Niqoblar asosan bar`er, ya`ni to`siq vazifasini bajaradi. Bemor odam aksirganda, yo`talganda havoga tarqatadigan mayda zarrachalarni to`sib qoladi, lekin havoni bemalol o`tkazadi.
Karbonat angidriddan zaharlanib qolish mumkin degan fikr mutlaqo noto`g`ri. Masalan, hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlari soatlab niqobni echmay bemorlarga qarashadi.
Albatta niqoblardan to`g`ri foydalanishga ahamiyat berish kerak, ya`ni ularni har 2 soatda almashtirib turish lozim,
- deya izohladi mutaxassis.