2020 yil 16 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 776 (+211) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 92 nafari Namangan viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 45 058 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 313 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.