AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyati xorijga 7,2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

'Qashqadaryo viloyati xorijga 7,2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 1 sentyabr holatiga O`zbekiston qiymati 9,7 million AQSh dollariga teng bo`lgan 40,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

 Mamlakatimizda pishgan tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozog`iston (26,8), Rossiya Federasiyasi (11,2) va  Qirg`iz Respublikasi 2,3 ming tonna ko`rsatkich bilan yuqori ulushga ega.

  Ma`lumot o`rnida, eksport qilingan mazkur tarvuz mahsulotining eng ko`p ulushi Qashqadaryo (7,2 ming tonna),  Toshkent (5,3 ming tonna), Jizzax (5,1 ming tonna), Sirdaryo (4,6 ming tonna) va Xorazm (4,6 ming tonna ) viloyatlari hissasiga to`g`ri keldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar