Joriy yilning 15 sentyabr kuni Qishloq xo`jaligi vazirligida Prezident Administrasiyasi rahbari Z.Nizomiddinov raisligida yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda tashkiliy masala ko`rildi.
Ro`zmetov Maksud Ismailovich Qishloq xo`jaligi vazirining Erlardan samarali foydalanish masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi;
Xodjaev Saidkamol Saidkarimovich O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi;
Mirzaev Shuhrat Shaxabutdinovich O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirining Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi;
Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich Vazirning fan, ta`lim va ishlab chiqarish integrasiyasini ta`minlash bo`yicha o`rinbosari - Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat ta`minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori etib tayinlandi.






