Ma`lumki, joriy yilda oliy harbiy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlari davlat oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari bilan bir vaqtda 2-13 sentyabr kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o`tkazildi.
Unda respublika bo`yicha 7 ta oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun ro`yxatdan o`tgan 8 mingdan ortiq talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi.
Mazkur talabgorlarning test natijalari 2020 yil 16 sentyabr kuni belgilangan tartibda oliy harbiy ta`lim muassasalariga taqdim etildi.
Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq, oliy harbiy ta`lim muassasalariga tavsiya etilmagan talabgorlar ro`yxatdan o`tishda o`zlari tanlagan harbiy bo`lmagan oliy ta`lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.