AsosiyJamiyat

Agrar universitetning Samarqand filiali tashkil etildi

'Agrar universitetning Samarqand filiali tashkil etildi'ning rasmi

Hukumatning tegishli qaroriga binoan, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

Joriy yilda ushbu filialga jami 515 ta qabul kvotasi ajratildi.  

Jumladan: Bakalavr — 475 ta (95 ta davlat granti, 380 ta to`lov-kontrakt);

Magistratura — 40 ta (barchasi davlat granti).

Filialda kredit-modul tizimi joriy etiladi. Haftada besh kunlik o`qish bo`ladi hamda shanba kuni mustaqil o`zlashtirish kuni deb belgilanadi.

Filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xo`jaligi sohasida qo`shma ta`lim dasturlari (double degree) amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binolari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.

Boshqa yangiliklar