AsosiyDunyo

Turkiyaning Marmar dengizi hududi zilzila oqibatida Gresiya tomon siljishi mumkin

'Turkiyaning Marmar dengizi hududi zilzila oqibatida Gresiya tomon siljishi mumkin'ning rasmi

Turkiyaning Marmar dengizi bo`yidagi hududi kuchli zilzila oqibatida Gresiya tomon siljishi mumkin. Bu hududda Turkiyaning eng yirik shahri Istanbul ham joylashgan.

Gap magnitudasi 7 balldan yuqoriroq bo`ladigan zilzila haqida bormoqda. Oxirgi vaqt Turkiyada u haqida tobora ko`proq gapirilmoqda. Olimlarning ogohlantirishicha, Marmar dengizi hududidagi tektonik yoriqlardagi zo`riqish tobora kuchayib bormoqda va istalgan vaqtda vayronkor er silkinishlari yuz berishi bilan xavf solmoqda. Buning oqibatida 15 mln kishilik Istanbul, ayniqsa uning Evropadagi qismining markaziy hududi jabr ko`rishi mumkin. Olimlar zilzilaning yaqin yillarda yuz berishi ehtimoli yuqoriligidan ogohlantirishmoqda, biroq zamonaviy fan hozircha u qachon yuz berishini aniq ayta olmaydi.

Geofizika bo`yicha professor Ovgun Ahmet Erjanning ta`kidlashicha, yuz berajak zilzila markazi joylashadigan tektonik yoriq liniyasi Istanbuldan g`arbdagi Taqirdog` viloyatida, Marmar dengizining shimoliy qismi sohillarida joylashgan.

Olimning aytishicha, zilzila markazi sohildan 15 km uzoqlikda, Marmar dengizida joylashishi mumkin. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo`yicha 7,2 ballni tashkil qiladi va uning yuz berishi oqibatida yuqorida tilga olingan hudud Gresiya tomon 2,5 metr siljishi mumkin.

Zilzila taxminan Istanbulning Osiyodagi qismida joylashgan Buyukchakmeje jome` masjididan boshlanib, Bosfor bo`g`ozi ostidan o`tib, Gresiyaning Saloniki shahrigacha davom etadigan yoriq paydo bo`lishiga olib keladi.

Bir necha oy oldin Istanbul ma`muriyati bu borada tadqiqot tayyorlagan. Unda kuchli zilzila oqibatida megapolisning barcha 39 tumani jabr ko`rishi, biroq shaharning Evropadagi qismiga ko`plab eski binolar borligi sababli ko`proq talafot etishi, shu sababli u erdagi uylarni mustahkamlash zarurligi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar