Yurtimizning 9 ta hududida koronavirus qayd etildi

Jamiyat 17.09.2020, 10:37
Yurtimizning 9 ta hududida koronavirus qayd etildi

2020 yil 17 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 385 (+223) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Namangan viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 11 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

️Ayni paytda yurtimizda 45 474 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1