1

Toshkentda ikkita kafeda yong`in yuz berdi

Jamiyat 17.09.2020, 11:20
Toshkentda ikkita kafeda yong`in yuz berdi

Toshkent shahrining Mirobod va Chilonzor tumanlarida yong`in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, kelib chiqqan vaziyat oqibatida Nukus ko`chasi 10-uyda joylashgan «Buxoro» kafesining oshxonasi hamda Bunyodkor shohko`chasi va Cho`ponota ko`chasi chorrahasida joylashgan ijarada bo`lgan «Bistrof» kafesining qariyb 190 kv.m.ga zarar etgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 8ta yong`in o`chirish ekipaji hamda 2 avtonarvon zudlik bilan voqea joyiga etib keldi. Yong`in-qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa`y-harakatlari natijasida binolarning 430 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Jabrlanganlar to`g`risida ma`lumotlar kelib tushmagan. 

Yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1