AsosiyShou-biznes

“E`tirof 2015” sohibi Abdurashid Yo`ldoshev mukofotga kimlarni munosib deb bilardi?

E`tirof 2015 mukofoti sohibi Abdurashid Yo`ldoshev ushbu mukofotga qaysi xonandalarni munosib deb bilardi? Taqdirlanishini kutganmidi? E`tirof mukofotiga munosib yoki munosib emas edi degan gaplarga uning javobi qanday bo`ladi? Abdurashid Yo`ldoshev bilan saytimiz uchun qilingan suhbatda mazkur savollarga javob olik. 

—Mukofotni olganingizdan keyingi taassurotlaringiz, kutganmidinggiz?

—Ochig`ini aytsam umuman kutmagan edim, ammo juda xursand bo`ldim.

—Taqdirlanishingizni necha kun oldin bildinggiz, yoki taxmin qildingiz, bu xabarni sizga birinchi bo`lib kim etkazdi?

—Mulislarimiz yaxshi niyat qilgan edi. Shaxsan o`zim ham qaysidir san`atkorning muxlisi bo`lsam o`sha san`atkor olishini orzu qilib turaman. Oldingi tadbirlarda o`zim ham “E`tirof” olishni orzu qilgandim. Behisob shukrlar bo`lsinki, ushbu mukofotga loyiq ko`rildim.

—O`zingiz qaysi san`atkorlarni mazkur mukofotga munosib deb bilardingiz?

—Bunday san`atkorlar juda ko`p, sanab o`tadigan bo`lsam bular ancha munchani tashkil qiladi.

—E`tirof mukofotiga “munosib yoki munosib emas edi” degan har xil muhokamalarga sizning javobingiz qanday bo`ladi?

—Hudoyim shuni nasib qilgan ekan, bunga birovning ortiqcha gapirishga haqqi yo`q menimcha. Endi bu hayotda hammaga birday yoqish qiyin. Har bir muxlis o`zi yoqtirgan san`atkorning taqdirlanishini istaydi. San`atda 100 foiz hamfikrlikka kelish juda qiyin, shu sababli hamma gap-so`zlarni to`g`ri qabul qilaman.

—E`tirof mukofotini olishingizni qachon bildinggiz va o`sha ondi hayolingizdan nimalar o`tdi?

—Men mukofotni qo`limga olmagunimcha umuman ishonmadim. Ko`plab muxlislarimiz, yaqinlarimiz shu yil meni mukofot olishimni kutib, yaxshi niyat qilishgan edi. Ammo mukofotni olmagunimga qadar bunga umuman ishonmadim.

Kelajakdagi rejalaringgiz?

—Ushbu mukofotni keyingi yilgi ijodimga avans deb qabul qilaman. Mukofotga yarasha ijod qilaman. Muxlislarimizni hursand qilib vatanimiz uchun kuylashdan, izlanishdan to`xtamaymiz. O`zbekistonda har qancha qilingan mehnat bee`tibor qolib ketmaydi. Kamtarona mehnatimizni qadrlab bizga e`tibor qaratgan barchaga minnatdorchilik bildiraman.

    Boshqa yangiliklar