AsosiyJamiyat

O`zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to`lqiniga tayyormi?

'O`zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to`lqiniga tayyormi?'ning rasmi

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi borasidagi savollarga javob qaytarildi.

❓O`zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to`lqiniga tayyormi?

–Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o`rganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuq va kamchiliklar ko`rib chiqilib, tahlil qilindi.  

Hozirda shifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy texnika baza bilan ta`minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning  ushbu yo`nalishda tajribalari bor. Ular kasallikni avj olishiga yo`l qo`ymaydilar.  

Shu bilan birga bemorlarga o`z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko`rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.    

Ayni vaqtda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

▫️Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta o`rin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qo`shimcha zaxira shifo o`rinlarini  tayyorlash ishlari olib borilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar