Adliya vazirligi Namangan shahar, Qarshi va Marhamat tumanlarida yangi tashkil etilayotgan Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko`rsatish markazlaridagi bo`sh ish o`rinlariga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma`lum qildi. Xabarda aytilishicha quyidagi bo`sh o`rinlari mavjud:
markaz boshlig`i (har bir hududda bittadan);
etakchi yuriskonsult (Namangan shaharda 4 ta, Marhamat tumanida 3 ta, Qarshi tumanida 2 ta).
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- oliy yuridik ma`lumot;
- davlat tilini yaxshi bilish (rus yoki boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
- yuklatilgan vazifalarni bajara olish, qonun hujjatlarini amaliyotga to`g`ri qo`llanishini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo`lish;
- hujjatlar loyihalarini (shartnomalar, buyruqlar, xulosalar va boshqalar) tayyorlash va rasmiylashtirish
- Markaz boshlig`i lavozimi uchun, qoida tariqasida, kamida 5 yillik, etakchi yuriskonsult lavozimi uchun 3 yillik ish tajribasiga ega bo`lish.
Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi to`lovlar ta`minlanadi:
- oylik ish haqi – 3,5 mln. so`mdan 4 mln. so`mgacha. Keyinchalik ushbu oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko`p yillik xizmati bo`yicha qo`shimchalar berib boriladi;
- 6 ta bayram va 4 ta chorak yakunlari bo`yicha oylik ish haqi fondi miqdorida mukofot pullari;
- qishloq xo`jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida);
Bundan tashqari:
- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
- ilg`or xorijiy tajribani o`rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar o`z shaxsiy ma`lumotlarini kadr@minjust.gov.uz elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim. Yuborilayogan ma`lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to`g`risidagi ma`lumotlar ham eks ettirilishi kerak.