2020 yilning 15 sentyabr kuni tungi soat 02:30 da Guliston shahrida 39 yoshli S.X., o`zi bilan birgalikda shar`iy nikoh asosida yashovchi 50 yoshli Z.Sh. (ayol), bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`rtasida o`zaro kelib chiqqan o`zaro janjal natijasida, S.X., turmush o`rtog`i Z.Sh., ni badanining turli joylariga qo`li bilan urib tan jarohati etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Natijada, Z.Sh., olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishlilik bo`yicha Guliston shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limiga yuborilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo`yicha S.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






