AsosiyJamiyat

Maxsus komissiya axboroti: 1 oktyabrdan O`zbekistonga aviasiya, temir yo`l va avtoyo`l o`tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi

'Maxsus komissiya axboroti: 1 oktyabrdan O`zbekistonga aviasiya, temir yo`l va avtoyo`l o`tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi'ning rasmi

Pandemiya sharoitida amalga oshirilayotgan karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish, sanitariya talablariga qat`iy rioya etgan holda karantin talablarini qisqartirish choralarini amalga oshirish, xususan, xalqaro qatnovlarni tiklash orqali aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan respublika aeroportlarida, temir yo`l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishi bo`yicha bundan oldin kiritilgan cheklovlar yumshatilib, 2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda O`zbekiston Respublikasiga aviasiya, temir yo`l va avtoyo`l o`tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi.

    Boshqa yangiliklar